2020/2021 o‘quv yili uchun Samarqand veterinariya meditsinasi instituti magistratura mutaxassisliklariga abiturient sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 1 iyulidan 30 iyuliga qadar (shu kuni ham):
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz);
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz);
belgilangan hududlarda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
pasport;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun);
imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa).