Institut rektori
Yunusov Xudaynazar Beknazarovich
Qabul vaqti: Dushanba, Juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: Tel: +998 66-234-33-20 Fax: +998 66-234-07-86
Elektron pochta: samvmi@edu.uz
-
Qiladigan
Vazifalari
• O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
• Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
• Institutda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
• Institut tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
• Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;
• Institut daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
• Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integrasiyasini ta’minlash;
• Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
• O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g’oyani shakllantirish;
• Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi- izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o’qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
• Professor-o’qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
• Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
• Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o’quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg’ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
• Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informasion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;
• Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va extiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
• Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik kilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarini tashkil
etish, tugatish, o’zgartirish;
• Xorijiy xamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investisiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
• Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
• Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
Bilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi xamda Vazirlik buyruqlarini, Institutda o’quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilaydigan normativ hujjatlarni bilishi.
Malaka talablari:
• Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
• OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo’yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo’lishi;
• Institutning tegishli boshqaruv bo’g’inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o’rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.Klassifikator buyicha:
№
Lavozimlar
nomi
MMSK
buyicha
kod
Xodimlar
toifasi
Ma’lumotining eng past darajasi
UMKTMTIKM va OTIMK bo’yicha kodi
2340
Institut
rektori
1210
B
Oliy ma’lumot
Bilimlarning qo’llanish sohasiga ko’ra
-
Biyagrafiya
ma'lumot
Yunusov Xudaynazar Beknazarovich 1958 yil Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanida tavallud topgan.
Millati: O’zbek.
Ma'lumoti Oliy, 1985 yilda N.K Krupskaya nomidagi Moskva viloyati davlat universitetini “Biologiya va kimyo fanlari o’qituvchisi” mutaxassisligini, 1991 yilda K.E Sialkovskiy nomidagi Moskva aviatsiya texnologiyalari institutini “Kompozit materiallar bo’yicha muhandis - texnolog” mutaxassisligini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1985-1991 yy. - V.I.Lenin nomidagi Moskva politexnika instituti o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, kimyo fani o’qituvchisi
1992-2000 yy. - “Zamira” va “PARUS-L” savdo-sanoat korxonalari bosh direktori (suvni tozalash, suvni bartaraf etish)
2001-2003 yy. - Moskva davlat universitetining “Ekologiya asoslari” kafedrasi laboranti
2004-2012 yy. - Moskva viloyati davlat universitetining “Ekologiya asoslari” kafedrasi professori.
2012-2018 yy - Moskva viloyati davlat universiteti “Biologiya va kimyo” fakulteti dekani, “Umumiy biologiya va biokimyo” kafedrasi dosenti
2018 y. h.v. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori
Ilmiy darajasi: Biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni: Professor
Ish staji: 44
Pedagogik staji: 21
O'qitadigan fanlari: Биотехнология, экология, табиий фанларнинг замонавий талқини, химия
Yutuqlari: Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining akademigi, "Biologiya, kimyo va ekologiya o'qituvchilari" Moskva oblasti pedagoglari assotsiatsiyasi prezidenti,
Ilmiy rahbarligi:
Oilaviy ahvoli: Oilali, ikki nafar farzandi bor.